Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi

A A A
Toshkent va Samarqand o‘rtasida qo‘shimcha “Afrosiyob” poyezdi yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand—Toshkent—Samarqand yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Temiryo‘lekspress” matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalishdagi qo‘shimcha poyezd yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 15—31 dekabr kunlari hamda 2025 yilning 3—12 yanvar kunlari oralig‘ida haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Poyezd jadvali quyidagicha:

775-sonli Samarqand—Toshkent yo‘nalishi: Samarqanddan jo‘nash soat 10:55 da— Toshkentga yetib borish soat 13:15 da.

776-sonli Toshkent—Samarqand yo‘nalishi: Toshkentdan jo‘nash soat 13:56 da— Samarqandga yetib borish soat 16:14 da.

Ijtimoiy tarmoqlarda 7 dekabrdan Xivaga “Afrosiyob” poyezdlari qatnay boshlashi haqida xabarlar tarqalgandi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” buni rad etdi.

Kiritildi: 09:42 06.12.2024. O'qildi: 1786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!