Bugun 27 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent va Namangan viloyatlarida 3,4 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Toshkent va Namangan viloyatlarida 3,4 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘stonliq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar D.A. va U.B. “Besh tut” MFY hududidagi dala hovlida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Yangiqo‘rg‘on tumani bo‘limi va "O‘zenergoinspksiya"ning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro D.X. “Yuqori Qorayontoq” MFY hududidagi bog‘ida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:28 16.04.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!