Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent va Moskva migrasiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

Toshkent va Moskva migrasiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Rossiya mehnat muhojirlari uchun migrasiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘rik va rus tilidan imtihonlarni Toshkentga ko‘chirish masalalarini muhokama qildi.

Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston TIV, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migrasiya agentligi va Rossiyaning mamlakatdagi elchixonasi vakillaridan iborat ikki tomonlama ishchi guruhning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi «Dunyo» AA.

Muloqot davomida Rossiya oliy o‘quv yurtlarining Toshkent shahridagi filiallarida migrasiya tartib-taomillari, tibbiy ko‘riklar va rus tili imtihonlarini O‘zbekistonga o‘tkazish, «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining va «Saxarova» ko‘p tarmoqli migrasiya markazining Toshkent shahridagi vakolatxonalari faoliyatini tiklash masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, til imtihonlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rish markazlarini ochish, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha kurslar tashkil etish, O‘zbekistonda tibbiy ko‘rik va test o‘tkazish uchun ixtisoslashtirilgan tibbiyot klinikasini ochish va boshqalar ham ko‘rib chiqilgan.

Rossiya tomoni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining «Pasport-viza xizmati» davlat unitar korxonasining Toshkent shahridagi vakolatxonasi faoliyatini qayta boshlash haqidagi so‘rovini ijobiy ko‘rib chiqishga tayyorligini tasdiqlagan.

Bundan tashqari, yuqorida muhokama qilingan masalalarni 27-30 aprel kunlari Moskva shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Rossiya idoralararo ishchi guruhi yig‘ilishi kun tartibiga kiritish taklifi qo‘llab-quvvatlangan.

Kiritildi: 10:23 20.04.2025. O'qildi: 892 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!