Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ekologik reyd davomida fuqaro qurilish chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlagani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, u bu kabi qonunbuzarlikni avval ham sodir etgan.
Shu sabab unga nisbatan yana ma’muriy ish qo‘zg‘atilib, transport vositasini musodara qilish masalasi sudga kiritildi.
Eslatma: chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash yoki yoqish qonunan javobgarlikka sabab bo‘ladi.