O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bugun, 2023 yil 9 fevral kuni «Toshkent shahrining ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini jadal sur’atlarda hal etish hamda aholi farovonligini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-50-sonli qarorni imzoladi.
Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahri mahallalarining infratuzilmasini rivojlantirish, havo harorati keskin sovib ketishi davrida talafot ko‘rgan mahallalardagi ichki yo‘llar, piyodalar yo‘laklari, muhandislik-kommunikasiya ob’ektlarini ta’mirlash va obodonlashtirish uchun Toshkent shahar hokimligiga 584 mlrd so‘m miqdorida foizsiz kredit ajratiladi.
Shahar hokimligi ushbu kredit mablag‘lari hisobidan Toshkent shahrining har bir mahallasiga qo‘shimcha 1 mlrd so‘mdan mablag‘ ajratadi.