Toshkent Invest kompaniyasi poytaxtga to‘rtta kirish darvozasining eskiz loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ochiq xalqaro tanlovini e’lon qildi.
Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
«Ushbu loyiha zamonaviy va an’anaviy g‘oyalar uyg‘unlashgan holda Toshkentni o‘zgartirish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘ladi. Biz shu yilning o‘zida qurilish ishlarini boshlashni rejalashtirganmiz va sizning ijodiy kuch-g‘ayratingiz hamda g‘oyalaringiz ushbu o‘zgarishlarning asosiga aylanadi. Siz ijodiy jamoalarga qo‘shilishingiz, O‘zbekistonlik mutaxassislar ishtirok etadigan guruhlar tuzishingiz mumkin», — deyiladi xabarda.
Tanlov shu yilning 31 oktyabridan boshlanadi va unda o‘zbekistonlik va xorijlik barcha ishtirokchilar qatnasha oladi.
Kelgusida darvozalar shaharning Rohat, Bektemir, Erkin va Uchqahramon postlari hududida tashkil etilishi rejalashtirilgan.