Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar “Yangi Sergeli” ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSh dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSh dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.