Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.A. fuqarolar H.N. va Q.A.dan kuchli ta’sir qiluvchi 90 dona “Tebantin” nomli dori vositasini xarid qilganligi aniqlanib, uning ko‘rsatuviga asosan davom etgan tadbirda, Q.A.ga tegishli “Nexia” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, yana 156 dona “Tebantin” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, hamkorlikda o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro SH.X. xaridorga 1 dona “Tropikamid” nomli dori vositasini 100 ming so‘mga sotganligi aniqlanib, SH.X. va uning sherigi M.R.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelinayotgan 10 dona “Tropikamid” va 45 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:03 08.05.2022. O'qildi: 2103 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!