Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

A A A
Toshkent shahrida 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.Ph.” xususiy korxonasi mas’ul shaxslari va boshqalar Yunusobod tumani 15-mavzesidagi manzilida joylashgan noturar binoda umumiy bahosi 2,2 mlrd so‘mlik yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:08 02.10.2024. O'qildi: 924 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!