Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent shahrida 156 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Toshkent shahrida 156 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari to‘xtatib qolindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Olmazor tumani “Toshkent xalq aylanma yo‘li” ko‘chasida fuqaro A.YU.ning boshqaruvidagi “VOLVO” rusumli yuk avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda, avtotransport vositasi yukxonasiga ortilgan yem mahsuloti ostiga yashirilgan umumiy bahosi 156 mln so‘mlik 1 200 quti “Mad fatality” nomli tamaki mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:55. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!