Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori qo‘lga olindi

Toshkent shahar Soliq boshqarmasi bosh inspektori qo‘lga olindi

Sudda ko‘rilayotgan ish doirasida o‘tkazilgan taftishda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi MCHJga 8,7 mlrd so‘m qo‘shimcha soliq hisoblangani aniqlangan.

Keyinchalik qayta taftish paytida bosh inspektor ushbu soliqni bekor qilib berish evaziga 5 ming dollar olgan. U hisoblangan soliqni to‘liq bekor qila olmagani uchun pulni qaytarib bermoqchi bo‘lgan vaqtda DXX xodimlari tomonidan ushlangan.

Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 12:15. O'qildi: 537 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!