Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahar IIBB olib qochilgan “Neksiya-2” avtomobilining qidiruvida ko‘mak so‘ramoqda

Toshkent shahar IIBB olib qochilgan “Neksiya-2” avtomobilining qidiruvida ko‘mak so‘ramoqda

Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 23 iyun kuni soat 21.00 dan 24 iyun soat 07.30 ga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs “Neksiya-2” rusumli, davlat raqami 70 V 676 GA bo‘lgan metall rangli avtomobilni olib qochgan.

Avtomobil egasi - 30 yoshli Muxriddin YU. avtomobilini qarovsiz kaliti bilan Yunusobod tumani 14-kvartaldagi 36-son uyning yonida qoldirganini ma’lum qildi. 24 iyun kuni ertalab avtomobil qoldirilgan joyda yo‘qligini ko‘rib, ichki ishlar organlariga xabar bergan.

"Hurmatli fuqarolar! Yuqoridagi avtomobilni ko‘rib qolsangiz ichki ishlar organlariga quyidagi raqamlar orqali xabar berishingizni so‘raymiz: 71 235-00-02, 97 432-21-72, 98 313-41-63 yoki 102.
Maxfiylik kafolatlanadi. Ko‘mak uchun oldindan tashakkur", deb yozadi Toshkent shahar IIBB.

Kiritildi: 19:07 24.06.2021. O'qildi: 2052 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!