Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev va Toshkent shahar prokurori v.b. A.O‘rmonovga “hayfsan” berildi

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev va Toshkent shahar prokurori v.b. A.O‘rmonovga “hayfsan” berildi

Toshkent shahar ichki ishlar tizimidagi tergovchi va surishtiruvchilar faoliyatida sifat yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, xodimlarda malaka yetishmagani uchun o‘tgan yili 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmay, hisobdan yashirilgan.

“Shaharda jinoyatchilik 2 mingtaga kamaytirildi” deb hisobot berilgani bilan poytaxtdagi 26 ta mahalla “qizil”, 465 tasi “sariq” toifada qolgan.

Respublikadagi 208 ta tuman ichida Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bezorilik bo‘yicha, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha birinchi o‘rinda. Yoki o‘tgan yili Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari eng ko‘p bo‘lgan.

Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yildi. Ular tashabbus qilib, hududida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha keskin o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori v.b. A.O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan bandligi tanqid qilindi.

Qayd etilganidek, ular 12 ta tuman hokimi, ichki ishlar boshlig‘i, prokurori, “mahalla yettiligi” va jamoatchilik bilan hamjihat ishlasa, 7,5 mingta jinoyatning oldini olsa bo‘lar edi.

R.Sultonxo‘jayev va A.O‘rmonovga “hayfsan” berilib, olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda

Kiritildi: Bugun 14:16. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!