Bayramlar munosabati bilan quyidagi kunlar dam olinadi:
🔹 20 mart (juma) – Ramazon hayiti kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹 21 mart (shanba) – Navro‘z bayrami kuni – barcha uchun dam olish kuni;
🔹 22 mart (yakshanba) – dam olish kuni;
🔹 23 mart (dushanba) - 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni (ishlanmaydigan bayram kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, bayramdan keyingi ish kuniga ko‘chirilgan dam olish kuni) 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun ish kuni.