Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent shahar hokimligi: botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmaydi

A A A
Toshkent shahar hokimligi: botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmaydi

Hokimlik boqqa g‘amxo‘rlik qilayotgan, uning taqdiridan qayg‘urayotgan faol shahar aholisiga, xususan, O‘zbekiston bosh dendrologi Atirgul Xolmirzayevaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Project.gov.uz portalida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Istirohat bog‘lari faoliyati va ularni boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi (10.04.2023 yildagi ID-84377) e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘larini viloyatlar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan «Istirohat bog‘larini boshqarish direksiyalari» tasarrufiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, project.gov.uz portali loyihalarning jamoatchilik muhokamasini o‘tkazishni nazarda tutadi va faqat jamoatchilik tomonidan qabul qilingandan keyingina hujjat vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi va u kuchga kiradi.

Ma’lumot uchun:

Loyiha «Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2023 yil 24 martdagi PQ-102-sonli qarori ijrosi doirasida respublikadagi bog‘lar faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulayliklar yaratish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlarini kengaytirish va ularni boshqarish tizimini takomillashtirish maqsadida Davlat aktivlari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Botanika bog‘i istirohat bog‘i emas, u nafaqat ko‘p navli o‘simliklarni, balki shu soha mutaxassislarini ham yetishtirishga yordam beradigan ilm-fan dargohidir. U — nafaqat poytaxtning, balki butun mamlakatning durdonasidir.

Vaziyatni o‘rgangan va Botanika bog‘i mutaxassislari bilan suhbatlashgan holda, shuni ma’lum qilamizki, Botanika bog‘i Toshkent shahar hokimligi balansiga o‘tkazilmagan va hokimlik mazkur qaror tashabbuskori emas. Hokimlik ushbu ilmiy dargohning mamlakat ekotizimini asrash, o‘simliklar genofondini saqlash va ko‘paytirishdagi ahamiyatini e’tirof etadi va uni istirohat bog‘iga aylantirishga yo‘l qo‘ymaydi.

Hokimlik boqqa g‘amxo‘rlik qilayotgan, uning taqdiridan qayg‘urayotgan faol shahar aholisiga, xususan, O‘zbekiston bosh dendrologi Atirgul Xolmirzayevaga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.

Minglab auditoriyaga ega bo‘lgan blogerlar, inflyuyenserlar va boshqa manbalar aniq ma’lumotlarga ega bo‘lmasligi va obunachilarni mubolag‘aga kiritib qo‘yishi mumkin, shu sababli, Toshkent shahri aholisiga hokimlik faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha aniq va ishonchli ma’lumotlarni 71 2100163 telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalar orqali olishlari mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Kiritildi: 17:13 07.10.2023. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!