Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent shahar hokimiyati o‘z bankiga ega bo‘ldi

A A A
Toshkent shahar hokimiyati o‘z bankiga ega bo‘ldi

Toshkentda yangi bank - Poytaxt bank o‘z faoliyatini boshladi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.

Poytaxt bank asosan - Toshkentda arzon uy-joylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashtirilgan , - deyilgan xabarda.

Undan tashqari yangi bank ko‘p qavatli uylarni qurish va ta’mirlorvchi tashkilotlarga kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish, muhandislik infratuzilmalarini yaxshilash loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishni moliyalashtirish hamda investision faoliyat bilan shug‘ullanadi.

Ustav kapitali 100 mlrd so‘m bo‘lgan yangi bank to‘liq Toshkent shahar hokimligi tomonidan moliyalashtirilgan. Bankda 130 nafar xodim ishlaydi va u 24 soat davomida uzuluksiz ishlaydi. Mijozlar bankka kela olmagan taqdirda ular interaktiv xizmatlar yordamida o‘z hisob raqamlarini masofadan turib boshqarish imkoniga ega bo‘ladilar.

Manba: sof. uz

Kiritildi: 21:55 10.01.2019. O'qildi: 2143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!