Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Jumladan, mazkur mansabdor shaxs o‘z xizmat mavqeini suiiste’mol qilib, Toshkent shahrida qurilishi rejalashtirilgan binolarning eskiz loyihasini tasdiqlash, yong‘indan avtomatik tarzda xabar beruvchi qurilmalar bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni imzolash hamda yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan binolarni Davlat qabul komissiyasiga foydalanishga topshirilishida ijobiy xulosa berish evaziga doimiy ravishda tamagirlik yo‘li bilan pora olib kelgan.
Eng achinarlisi bunday ob’ektlar ichida umumiy o‘rta ta’lim maktabi va tibbiyot muassasasi binolari ham bor.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:44 26.03.2025. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!