Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent San’at va madaniyat instituti talabasiga tan jarohat yetkazgan 19 yoshli abituriyentga hukm o‘qildi

A A A
Toshkent San’at va madaniyat instituti talabasiga tan jarohat yetkazgan 19 yoshli abituriyentga hukm o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida, sudya Baxrom Berdiyevning raisligida o‘tgan ochiq sud majlisida, Toshkent San’at va madaniyat instituti talabasiga tan jarohat yetkazgan 19 yoshli abituriyentga hukm o‘qildi.

Abituriyent Toshkent San’at va madaniyat institutida ta’lim oluvchi o‘zoro tanishi bilan birga o‘quvchi kursdoshi o‘zaro urishib qolishganidan xabar topadi. Jabrlanuvchi talaba bilan o‘zoro gap talashib, bir-biri bilan janjal qilish maqsadida institut hududidan chiqib ketish jarayonida, qasddan talabining ortidan boradi. O‘zaro gap talashib qolgan vaqtida abituriyent jabrlanuvchi talabaning qo‘llarini ushlagan xolda, quchoqlab ko‘tarib, uning bosh qismi bilan yerga urib tan jarohati yetkazgan.

Abituriyent O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “e,k” bandlari bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazo umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Sudya tomonidan hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berishi yoki protest bildirishga haqli ekani tushuntirildi.

Kiritildi: 15:45 12.07.2021. O'qildi: 2028 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!