Toshkent shahri uzra 20 avgustdan Avion laboratoriya havo kemasi yordamida rejali parvoz tekshiruvlari amalga oshiriladi.
“O‘zaeronavigasiya” markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu navbatdagi rejali parvoz tekshiruvi bo‘lib, ICAO Xalqaro fuqaro aviasiyasi tashkiloti hamda O‘zbekiston fuqaro aviasiyasining amaldagi me’yoriy hujjatlariga muvofiq, radiotexnik vositalarining belgilangan talablarga muvofiqligini hamda havo kemalarining xavfsiz va muntazam parvozini ta’minlash maqsadida Avia Navigatsiya kompaniyasining Diamond laboratoriya havo kemasi yordamida amalga oshiriladi.
Ushbu rejali parvozlar bir necha kun davom etadi. Tekshiruv jarayonida samolyotlar poytaxt uzra taxminan 1000 metr balandlikda turli yo‘nalish va manyovrlarda 6 soatgacha parvoz qilishi mumkin. Bir hudud ustidan bir necha bor uchib o‘tishi va odatdagidan farqli manyovrlarni amalga oshirishi mumkin.
“Bu parvozlar rejali tekshiruv jarayonining bir qismi bo‘lib, xavotirlanish uchun hech qanday asos yo‘q”, deyiladi markaz xabarida.
Kiritildi: Bugun 16:04.
O'qildi: 693 marta.
Fikrlar soni: 0 ta.