Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi Osiyo elit Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "As-Sadd"ga qarshi uchrashuv oldidan Krishtianu Ronalduning kiyinish xonasida jamoadoshlariga qilgan murojaatini X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
"Murabbiy aytganidek, bugun hammasini o‘yinga bo‘lgan munosabat hal qiladi. Agar har safar to‘pni yo‘qotganimizda darhol harakatga o‘tsak, yaxshi o‘yin ko‘rsatishimizga va g‘alaba qozonishimizga 100 foiz ishonaman.
Biz jamoa bo‘lib harakat qilishimiz kerak. Dastlabki 45 daqiqada bor kuchingizni ishga soling. Ikkinchi bo‘limda ham xuddi shuni takrorlang.
Biz g‘alaba qozonamiz, yigitlar. Olg‘a!" — dedi Ronaldu.
Mazkur uchrashuvda "An-Nasr" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 41 yoshli portugaliyalik hujumchi bahsning 13-daqiqasida hisobni ochgan edi.