Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent metrosida ba’zi bekatlarning ish rejimi vaqtincha o‘zgartiriladi

A A A
Toshkent metrosida ba’zi bekatlarning ish rejimi vaqtincha o‘zgartiriladi

Bir muddat oldin “Er usti halqa yo‘li” yo‘nalishining II bosqichidagi Quruvchilar dahasidan Sergeli mavzesigacha bo‘lgan Turon (13 bekat) va Qipchoq (14 bekat) metro bekatlarini ishga tushirish maqsadida, yo‘nalishdagi boshqa mavjud bekatlar bilan texnik jihatdan o‘zaro bog‘lash ishlarini tashkillashtirilishi yuzasidan ma’lumot berilgan edi.

Rejadagi ishlarni amalga oshirish uchun 16 dekabrdan “Er usti halqa yo‘li” yo‘nalishining Texnopark (Do‘stlik 2) va Yashnobod (2 bekat) bekatlari bilan birgalikda Tuzel (3 bekat) bekatida ham ish rejimi soat 06:00 dan 22:00 gacha tashkil etiladi.

Shuningdek, Olmos (4 bekat) bekatidan Quruvchilar (12 bekat) bekatigacha bo‘lgan bekatlar oralig‘ida ish rejimi o‘zgarmagan holda 05:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etiladi.

Soat 05:00 dan 06:00 gacha va 22:00 dan 23:00 gacha Olmos—Quruvchilar bekatlari oralig‘ida bir tomonlama (chelnok) poyezdlar harakati tashkil etiladi.

Kiritildi: 13:49 11.12.2023. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!