Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkent metrosida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan bezatilgan poyezd harakatlanadi

Toshkent metrosida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan bezatilgan poyezd harakatlanadi

9 aprel kuni Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘nalishida Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan maxsus jihozlangan poyezd harakatlanadi.

Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ushbu tashabbus buyuk ajdodga bo‘lgan hurmat va e’tibor ifodasi sifatida yo‘lovchilarda milliy g‘ururni kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, mazkur poyezd tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Amir Temur xiyoboni» metro bekatida qo‘shimcha 1 daqiqa to‘xtab turadi.

Metropoliten ma’muriyati yo‘lovchilarga xavfsiz va qulay xizmat ko‘rsatish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 21:01 08.04.2026. O'qildi: 300 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!