«Toshshahartransxizmat» noxush hodisa haqida ma’lum qildi – korxona xodimi fuqaroni ikki million so‘mga ishga joylashtirishga va’da bergan.
Qonunbuzar ichki ishlar organlari va metropoliten tartibini saqlash xizmati xodimlari tomonidan oldindan million so‘m olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Xodimga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan ish qo‘zg‘atilgan.
Toshkent metropoliteni metropolitendagi korrupsion holatlarga guvoh bo‘lgan barchani +998 71-239-89-30 yoki +998 93-700-03-25 raqamlari orqali xabar berishlarini so‘raydi.