Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Samarqandda 23 yoshli ayolini ketmon bilan o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Samarqandda 23 yoshli ayolini ketmon bilan o‘ldirgan erkakka sud hukmi o‘qildi

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat joriy yilning 14 iyul kuni soat 21:00 atrofida Urgut tumanida sodir bo‘lgan.

Oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjal o‘lim bilan yakunlangan.

Aniqlanishicha, marhum ayol 23 yoshda bo‘lib, uning 2 nafar farzandi bo‘lgan.

Holat yuzasidan sud ishi Urgut tumani JIB sudida ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot kotibi Aziz Abidov xabar qildi.

Sud majlisida erkak ushbu holatni quyidagicha izohladi:

"Bilmay, behosdan qilgan jinoyatim uchun hammadan uzr so‘rayman. Kechiringlar",- deydi sudlanuvchi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi erkak JKning 97-modda 2-qismi "j" bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 11:45 12.11.2024. O'qildi: 2066 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!