Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Ryutte: Tramp Ukrainani Putinga bersa, o‘zim AQShni NATOdan chiqarib yuboraman

Ryutte: Tramp Ukrainani Putinga bersa, o‘zim AQShni NATOdan chiqarib yuboraman

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Donald Tramp Ukrainani Putinga bersa, shaxsan o‘zi AQShni Shimoliy Atlantika alyansidan chiqarib yuborish bilan tahdid qildi.

Saylov kampaniyasi davomida Ukraina mojarosiga bir necha kun ichida barham berish niyatini bildirgan Donald Tramp bunga aniq qanday erishishni rejalashtirayotgani haqida hozircha gapirmagan. Respublikachilarning sukuti tufayli tobora ko‘proq taxmin va farazlar paydo bo‘lmoqda. Poyga davomida demokrat Kamala Xarris Tramp hokimiyatga kelsa, Ukrnaina Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga berib yuborilishini aytgandi.

"Donald Tramp hozir prezident bo‘lganida, Putin hozir Kiyevda o‘tirgan bo‘lardi. U urushni birinchi kuniyoq tugatishi mumkinligini aytadi. Bu nimani anglatishini bilasizmi? Bu taslim bo‘lishni anglatadi", - degandir Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod.

AQSh Kiyev uchun monodonor hisoblanadi. Faqatgina Davlat departamentining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, amerikaliklar Ukrainaga 64 milliard dollardan ortiq qurol-yarog‘ yetkazib bergan. O‘z navbatida, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 43,5 milliard yevrolik qurol-yarog‘ bergan.

Kiritildi: 21:00 12.11.2024. O'qildi: 3843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!