Xalqaro Numbeo platformasi e’lon qilgan dunyoning 547 ta shahri kiritilgan reytingda Toshkent 487-o‘rinda qayd etilgan. Shahar yashash qiymati indeksi 31,2 ballni tashkil qilgan.
Numbeo hisob-kitoblariga ko‘ra, Toshkentda bir kishining ijara haqisiz o‘rtacha oylik xarajati 6,1 mln so‘mni, to‘rt kishilik oila uchun esa qariyb 22,3 million so‘mni tashkil etadi.
Markaziy Osiyoda Olmaota 409-o‘rin, Ostona 469-o‘rin, Bishkek 493-o‘rin va Dushanbe 497-o‘rinni egallagan. Dunyoning eng qimmat shahri sifatida esa Shveysariyaning Syurix shahri qayd etilgan.