Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent ko‘chalarida tezlik pasaytirilishi mumkin

Toshkent ko‘chalarida tezlik pasaytirilishi mumkin

Toshkent shahrida Kichik halqa avtomobil yo‘li ichida joylashgan barcha ko‘chalarda transport vositalarining harakat tezligi soatiga 60 kilometrgacha cheklanadi. Shahar kengashi doimiy komissiyasi shunday xulosaga kelgan.

Shu bilan birga, ba’zi ko‘chalarda harakat xavfsizligini to‘laqonli ta’minlash, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish va kamaytirish, shuningdek, harakat ishtirokchilari uchun yetarli darajada qulay sharoitlar yaratish maqsadida transport vositalarining harakat tezligini soatiga 50 km.gacha cheklash maqsadga muvofiq deb hisoblandi. Bular jumlasiga Alisher Navoiy, Maxtumquli, Amir Temur, Kichik halqa avtomobil yo‘li, Islom Karimov, Taras Shevchenko, Bobur va Furqat ko‘chalarining bir qismi va Amir Temur xiyoboni aylanma yo‘li kiradi.

Doimiy komissiya kiritgan masala kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 20:31 29.09.2022. O'qildi: 2874 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!