Bugun 10 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent ko‘chalarida 170 km/s tezlikda harakatlangan "Tracker-2"ga chora ko‘rildi

A A A
Toshkent ko‘chalarida 170 km/s tezlikda harakatlangan "Tracker-2"ga chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxtimizning Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab davlat raqam belgisi 01 F 222 FB bo‘lgan Tracker-2 rusumli avtomashinasi haydovchisi o‘zi va o‘zgalarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan holda yuqori tezlikda harakatlangani aks etgan videolar tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan 28 yoshli haydovchi Farrux ismli shaxsga tegishli bo‘lgan transportning hujjatlari tekshirilganda ruxsatnomasiz avtomashinani qayta jihozlagani aniqlandi. Unga nisbatan MJTKning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi va avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kiritildi: 22:44 02.07.2024. O'qildi: 1436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!