O‘zbekiston va Xitoy Toshkent – Fuchjou yo‘nalishida blok poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘ydi.
Ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyodan Xitoyning janubi-sharqiy sohiligacha bo‘lgan hududlar va dengiz yo‘nalishini bog‘laydi.
“Ushbu qatnov Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi logistika sohasida o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda tarixiy ahamiyatga ega voqelikdir”, - deyilgan Transport vazirligi xabarida.