Toshkent davlat stomatologiya instituti tomonidan 2020 yil 10 sentyabr kuni “Stomatologiyaning zamonaviy texnologiyalari va metodikalari” anjumani tashkil qilindi. Onlayn konferensiyada dunyoning 10dan ortiq nufuzli xorijiy universitetlaridan xususan, AQSH, Chexiya, Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston professorlari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
200 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan konferensiyada, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining Oliy va o‘rta tibbiy ma’lumotlarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Yusupaliyeva Gulnora Akmalovna ochib berdi, Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori Nodir Qodirovich Haydarov olib bordi. Shuningdek, Moskva davlat tibbiy-stomatologiya instituti dekani Aleksandr Mitronin, AQShning Boston universiteti professori M.Djabbar, Chexiyaning Olmous universiteti professori YU.Moroz, Belorusiya davlat tibbiyot universiteti professori T.N.Manak, Minsk davlat tibbiyot universiteti professori N.V.Shakoves, Qozog‘iston davlat tibbiyot universiteti professori M.T.Kopbayeva, yana bir Qozog‘istonlik professor B.S.Janalina, shuningdek Rossiyalik professorlar A.A.Antonova, L.M.Lamiashvili, I.A.Belonova, M.A.Amxadovalar ishtirok etishdi.
Ushbu tadbirda, tibbiy oliy ta’lim tizimi oldida turuvchi muhim vazifalar, XXI asr tibbiy ta’limi texnologiyalari: bugungi kun muammolari, ustuvorliklari, yo‘nalishlari, muammolar va ularni yechimlari, tibbiy ta’limda innovasiyalar, stomatologiya sohasida kadrlar tayyorlashda innovasion yechimlar, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish tartibi va amalga oshirish tajribasi, tibbiy oliy ta’lim tizimini nufuzli xalqaro talablarga moslashtirish va yo‘nalishlarni xalqaro akkreditasiyadan o‘tkazish kabi muhim mavzularda ma’ruzalar, muzokaralar va fikr almashildi.
Bugungi kunda Toshkent davlat stomatologiya instituti dunyodagi nufuzli xalqaro kompaniya va tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar olib bormoqda. Xususan “Solgate” komppaniyasi bilan “Bir umrga yorqin tabassum” dasturida 500 mingga yaqin bolalar orasida stomatologik ko‘rik o‘tkazildi. “Smile trand” dasturida bolalarda orttirilgan va tug‘ma nuqsonlarni davolash bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tkazilmoqda. Shu kungacha xorijiy nufuzli o‘quv yurti professorlari 60 dan ortiq magistr dissertasiyalariga, 10 dan ortiq doktorlik dissertasiyalariga maslahatchilik qilgan.