Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining nufuzi nafaqat mamlakatimiz, balki jahon akademik hamjamiyatida ham tobora yuksalib bormoqda. Xususan, universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rinlari tobora yuqorilab borayotgani yuqoridagi fikrlar isboti desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Yaqinda e’lon qilingan nufuzli “QS World University Rankings by Subject 2026” reytingida universitet TOP o‘rinlarni egalladi.
Xususan, universitet Iqtisodiyot va ekonometrika mutaxassisligi bo‘yicha TOP-300, Huquq yo‘nalishida ham TOP-300, Ijtimoiy fanlar va menejment mutaxassisligida TOP-500, Biznes va menejment tadqiqotlari mutaxassisligida esa TOP-600 lik jahon reytinglaridan o‘rin oldi. Mazkur natijalar universitetda olib borilayotgan tizimli islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy-tadqiqot, innovasion faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy samarasi sifatida e’tirof etiladi.
Ayniqsa, “Iqtisodiyot va ekonometrika” yo‘nalishi bo‘yicha TOP-300 talikka kirish TDIUning ushbu yo‘nalishda nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham raqobatbardosh oliy ta’lim muassasasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.