Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etiladi

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 maydagi “Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filiali negizida tashkil etiladi, uning faoliyatini Qishloq xo‘jaligi vazirligi muvofiqlashtiradi.

Qabul parametrlari har yili Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. O‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

Institutda ta’limning kredit-modul tizimi joriy etiladi, haftada besh kunlik o‘qish hamda haftaning shanba kuni mustaqil o‘zlashtirish kuni deb belgilanadi.

2022/2023 o‘quv yilidan boshlab Institut tuzilmasida Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda “Geoaxborot tizimlari” markazi va laboratoriyasi tashkil etiladi.

Shuningdek, “Moyli ekinlar seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” o‘quv-ilmiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Institutga xorijdan va respublikaning boshqa hududlaridan ishga taklif etilgan mutaxassislarga Nukus shahrida qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli shartlar asosida ajratiladi.

Kiritildi: 09:50 13.05.2021. O'qildi: 5169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!