Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etildi

A A A
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etildi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilg‘or muhandislik maktabi tashkil etildi

13 iyul kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Ilg‘or muhandislik maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Prezident Administrasiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ishtirok etdi.

«Tarmoq–korxona–oliygoh» integrasiyasini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kompleks mahalliy va xorijiy axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi korxonalari hamkorligida tashkil etilgan 14 ta laboratoriyadan iborat.

Mazkur Ilg‘or muhandislik maktabida soha korxonalarida kafedralar filiallari va dual ta’limni tashkil etish orqali amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim rivojlantiriladi, mahalliylashtirish va tan narxni pasaytirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi. Shuningdek, soha korxonalarining ishlab chiqarish/xizmat ko‘rsatish liniyalari universitetda Spin-off sifatida yo‘lga qo‘yiladi.

Kiritildi: 22:06 13.07.2024. O'qildi: 1706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!