“Uzbekistan Airports” yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun “Toshkent” xalqaro ayeroportining uchib kelish zali yonidagi P2 va P3 avtoturargohlarida ikkita yangi hudud qurishga qaror qildi.
Ta’kidlanishicha, yo‘lovchilar oqimining jadal sur’atlarda o‘sib borayotgani sabab, yaqinlari va do‘stlari bilan uchrashish uchun kelganlarga uchib kelish terminalida ajratilgan hudud yetarli bo‘lmay qoldi.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, taxminan, mart oyining oxiriga qadar umumiy maydoni qariyb 1400 kv.m bo‘lgan ikkita shunday hudud quriladi – biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi - ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida. Yaqin kunlarda aeroport oldi maydonida qurilish-montaj ishlarini boshlash rejalashtirilgan.