Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkent 2030 yilga kelib qanday bo‘ladi?

Toshkent 2030 yilga kelib qanday bo‘ladi?

“Cushman & Wakefield” kompaniyasining Moskvadagi ofisi delegasiyasi poytaxt hokimligida “Toshkent 2030 — yuksaklikka intilayotgan shahar” loyihasini taqdim etdi.

Rossiyalik mutaxassislarning fikricha, 10 yildan keyin shaharning iqtisodiy rivojlanishi uning infratuzilmasi bilan cheklanib qoladi, shuning uchun hozirdan bu yo‘nalishda tizimli islohotlar ustida ish olib borish zarur.

Ular noturar joylar ijarasini rivojlantirishga mo‘ljallangan Toshkentdagi tijoriy ko‘chmas mulk xaritasi, shahar chegarasida ulkan ulgurji-savdo tarmog‘ini tashkil etish hamda 11 ta tuman hududlariga oid konsepsiyani taqdim etishdi

Shuningdek, uchrashuvda sohil bo‘ylari, bog‘lar, sayilgohlar, ochiq osmon ostidagi muzeylarni barpo etish taklifi ham ko‘rib chiqildi.

“2030 yilda Toshkent nafaqat ma’muriy-moliyaviy markaz, balki mintaqadagi g‘oyalar generatori va O‘zbekistonning dunyoga ochiq, rivojlangan shahri sifatida tanilishi muhim”, - deyiladi poytaxt hokimligi xabarida.

Uchrashuv natijalariga ko‘ra, ikki tomon o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

“Cushman & Wakefield” 1917 yilda AQShda tashkil etilgan kompaniya. U mijozlarga ko‘chmas mulkka investisiya kiritish va ijara masalalarida maslahat berish, ularning manfaatlarini ifoda etish bilan shug‘ullanadi.

Hozirgi kunda dunyoning 70 davlatida 400 ga yaqin ofislarga ega. Rossiyada esa kompaniya 1995 yildan beri muvaffaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. 150 ta yuksak malakali mutaxassislardan tashkil topgan ushbu jamoa davlat infratuzilmasini barpo etish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

 

Kiritildi: 17:47 02.12.2019. O'qildi: 5362 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!