Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toqayevning matbuot kotibi "Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston" ittifoqi qanday maqsadda tuzilishini aytdi

Toqayevning matbuot kotibi "Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston" ittifoqi qanday maqsadda tuzilishini aytdi

Kecha Rossiya – O‘zbekiston – Qozog‘iston o‘rtasida "uch tomonlama ittifoq" tuzilishi haqida ma’lumot bergandik. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning matbuot kotibi Ruslan Jeldibayev bu ittifoq nima maqsadda tuzilayotganini ma’lum qildi.

"Davlat rahbarining Moskvaga tashrifi bilan bog‘liq holda ommaviy axborot vositalarida ayrim savollar bo‘lmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlarining Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan iborat “uch tomonlama gaz ittifoqi”ni tashkil etish haqida gap ketgandi. Bunda Rossiya gazini Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlari orqali tashkil etishni ko‘zda tutadi.

Prezidentlar Qosim-Jomart Toqayev va Vladimir Putin bu masalaga barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarini hisobga olgan holda oqilona yechim topish uchun uch davlat ekspertlari ishtirokida batafsil muzokaralar olib borish zarur, deb hisoblaydi.

Kiritildi: 11:41 29.11.2022. O'qildi: 3100 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!