Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toqayev Qozog‘istonda shakar muammosini hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi

A A A
Toqayev Qozog‘istonda shakar muammosini hal qilish bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘iston import shakarga sezilarli darajada qaramligini ta’kidladi.

Toqayev Qozog‘iston Respublikasi hukumatiga zudlik bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashga bosqichma-bosqich o‘tgan holda importga qaramlikni sezilarli darajada kamaytirish maqsadida shakar sanoatini rivojlantirish bo‘yicha alohida tarmoq loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

"Mahalliy va xorijiy investorlarning ushbu sohaga qiziqishi ancha yuqori, to‘g‘ri yondashuvlar zarur. Bu boshqa narsalar qatori ichki siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan fundamental masala", - deya masalaga nuqta qo‘ydi Qozog‘iston prezidenti.

Kiritildi: 11:23 14.07.2022. O'qildi: 2155 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!