Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Tong tabassumi!.. (24-qism)

Tong tabassumi!.. (24-qism)

Futbol matchi. Birinchi taymdan so‘ng tanaffusda himoyachi murabbiyga dedi:

— Meni almashtiring! Ortiq bu jamoaga qarshi o‘ynay olmayman!

— Nega?

— Hujumchisi shunaqa tez choparkanki, biror martayam oyog‘iga tepishga ulgura olmadim.

* * *

Cho‘pon adirda qo‘ylarini boqib yurardi. Bir yigit uning oldiga kelib dedi:

— Cho‘pon, kel, garov o‘ynaymiz! Agar qo‘ylaring nechtaligini topsam, sen menga bitta qo‘y berasan. Agar topolmasam, senga besh yuz dollar beraman!

— Gap yo‘q!

— Otaringda 1724 ta qo‘y bor.

— Topding! Bitta qo‘y seniki!

Yigit qo‘yni oldi-da, yo‘lida davom etdi. Cho‘pon kutilmaganda uni quvib yetib dedi:

— Yigit, agar lavoziming qandayligini topsam, qo‘yni qaytarib berasanmi?

— Qaytaraman.

— Sen qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarisan.

— To‘g‘ri... Menga qara, qanday topding-a?

— Sen avval qo‘lingdagi itni yerga qo‘y, keyin qanday topganimni aytaman.

* * *

General harbiy qismni tekshirayapti. Shu mahal tank ustida o‘tirgan mushukka ko‘zi tushib harbiy qism rahbaridan so‘radi:

— Nega mushuk tank ustida o‘tiribdi?

— Aybdorman, o‘rtoq general! Askarlarimiz qorong‘ilikda ham ko‘rishga imkon beruvchi uskunani ichib qo‘yishibdi.

* * *

To‘qimachilik fabrikasi qizlari ish joyida diskoteka uyushtirishdi. Lekin oralarida bironta ham yigit yo‘q. Bir payt ichkariga turma mahbuslari kiyimidagi bir erkak kirib keldi. Qizlardan biri uni shu zahoti raqsga taklif etdi va so‘radi:

— Kimsiz? Qayerdan kelayapsiz?

— Men hozirgina turmadan chiqib kelayapman. Yigirma besh yil o‘tirdim. Xotinimni bolta bilan bo‘laklab tashlaganim uchun qamalgandim.

Qiz ortga o‘girildi-da, dugonalariga qarata qichqirdi:

— Qizlar, bo‘ydoq ekan!

Kiritildi: 07:00 29.10.2020. O'qildi: 2139 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!