Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tom Kruz filmi kosmosda suratga olinadi

A A A
Tom Kruz filmi kosmosda suratga olinadi

«Uddalab bo‘lmas topshiriq» franshizasining sakkizinchi qismi yakuniy bo‘ladi, shu sababli uning prodyuseri, shuningdek, bosh rol ijrochisi Tom Kruz kosmosda suratga olish ishlarini tashkillashtirishga urinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor NASA bilan muzokaralar o‘tkazmoqda va barcha detallarni muvofiqlashtirib bo‘lgan. Bundan tashqari, Tom Kruz o‘z rejasini amalga oshirish uchun kosmosga uchish uchun ketadigan xarajatlarni qoplashga tayyor.

«Tom o‘zining tryuklari bilan mashhur va ‘Uddalab bo‘lmas topshiriq’ filmlaridagi sahnalar ham hozirga qadar suratga olingan eng qiyin sahnalardan. Biroq u yanada oldinga qarab harakat qilish niyatida. U o‘zi o‘ylagan rejaning amalga oshishiga ishonchi komil va bu haqda NASA bilan gaplashgan», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Tom Kruz hozirda «Uddalab bo‘lmas topshiriq-7»ni yakunlash ustida ish olib bormoqda. Turli tryuklarga boy film 2021 yilda katta ekranlarga chiqadi..

Kruzning kosmosda film suratga olishi haqida may oyida ma’lum bo‘lgandi. Loyihaga SpaceX asoschisi Ilon Mask qiziqish bildirgan.

Kiritildi: 07:14 09.12.2020. O'qildi: 2268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!