Bugun 24 aprel, 2025 yil, payshanba

КИР

Tolibon talabalarga Rossiyaga sayohat qilishni taqiqladi

Tolibon talabalarga Rossiyaga sayohat qilishni taqiqladi

Tolibon rejimi 500 nafar afg‘onistonlik talaba yot mafkura ta’siriga tushib, kommunist bo‘lib qaytishidan qo‘rqib, Rossiyaga o‘qishga borishni taqiqladi, deb yozadi “RIA Novosti” ga tayanib, Afg‘onistonning muxolif ommaviy axborot vositalari.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 500 nafar talabadan iborat guruh 2023 yildayoq Rossiyada o‘qish uchun ariza topshirgan va barcha talablarga, jumladan, zarur to‘lovlar va tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, biroq yakunda Afg‘oniston rasmiylaridan xorijga chiqish uchun ruxsat olmagan.

Muxolifatchilarning aytishicha, bu o‘tgan yili sodir bo‘lgan va talabalar buning yo‘lini topib, Eronga borgan va u yerda o‘qish vizasi olgan. Afg‘onistonlik talabalar hukumat to‘siqlarini yana chetlab o‘ta oladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.

Kiritildi: 15:14 27.01.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!