Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Tolibon” Kunar daryosi suvini butunlay to‘sib qo‘ymoqchi

“Tolibon” Kunar daryosi suvini butunlay to‘sib qo‘ymoqchi

“Tolibon” Afg‘onistondan Pokistonga oqib o‘tadigan Kunar daryosi suvini butunlay to‘sib qo‘yishini ma’lum qildi.

“Tolibon” hukumatining iqtisodiy masalalar bo‘yicha vaziri o‘rinbosari mulla Abdul G‘ani Baradar “boshi ketsa ham” Kunar daryosining suvini avvalgi holiga qaytarishini aytdi. U hukumatning irodasi kuchli ekani hamda Afg‘onistonni qayta qurish bo‘yicha turli rejalari borligini iddao qildi.

Mulla Abdul G‘ani Baradarning ushbu bayonoti Pokiston muvaqqat hukumatining afg‘on qochqinlarini Pokistondan deportasiya qilish to‘g‘risidagi qaroriga javoban yangradi.

Kiritildi: 23:00 27.11.2023. O'qildi: 4669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!