Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Tolibon» hukumati BBC’ning FM eshittirishlarini to‘xtatdi

«Tolibon» hukumati BBC’ning FM eshittirishlarini to‘xtatdi

Afg‘onistonda «Tolibon» hukumati Britaniyaning BBC teleradiokorporasiyasiga tegishli FM radioeshittirishlarni mamlakat bo‘ylab vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

BBC vakili korporasiya vaziyatni hal qilish va radioeshittirishlarni qayta tiklash maqsadida Afg‘oniston rasmiylari bilan muloqot olib borayotganini ma’lum qildi.

«Afg‘oniston bo‘ylab millionlab odamlar ishonchli yangilik va ma’lumot olish uchun BBC’ga tayanadi. Biz vaziyatni hal qilish maqsadida rasmiylar bilan ishlayapmiz», — deyiladi korporasiya bayonotida.

«Tolibon» hukumati Axborot va madaniyat vazirligi matbuot kotibi Xubib G‘ufron BBC faoliyati «takroriy qoidabuzarliklar» sababli vaqtincha to‘xtatilganini aytdi. Biroq u aynan qanday talablar buzilgani haqida batafsil ma’lumot bermadi.

Hozircha radioeshittirishlar qachon qayta tiklanishi ma’lum emas. BBC esa Afg‘oniston tomoni bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Kiritildi: 23:50 13.10.2026. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!