Amu TV nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, “Tolibon” hukumatining Ezgulikni targ‘ib qilish va nuqsonlarning oldini olish vazirligi bir nechta qizlar ta’lim muassasasi rahbarlarini ogohlantirgan. Vazirlikka ko‘ra, agar o‘quvchi qizlar belgilangan kiyinish talablariga rioya qilmasa, maktablar yopilishi mumkin.
Manbalarning aytishicha, yangi talablarga chodra kiyish, yuzni butunlay yopish, paypoq kiyish kiradi. Shuningdek, “Tolibon” axloq polisiyasi voyaga yetgan deb hisoblanadigan (9 yoshdan katta) qizlarni ham ogohlantirgan. Unga ko‘ra, qizlar ushbu kiyimlarsiz maktab yoki diniy darslarga kela olmaydi.
Mazkur choralar “Tolibon” Hirotda kiyinish qoidalarini buzganlikda ayblab, kamida 30 nafar ayolni hibsga olganidan bir necha kun o‘tib joriy qilindi. Ayollarning hibsga olinishi namoyishlarga va xalqaro hamjamiyatning keskin munosabatiga sabab bo‘lgan edi. Namoyishlarda “Tolibon” vakillari aholiga qarata o‘t ochgan, oqibatda ikki kishi halok bo‘lib, kamida 12 kishi jarohatlagan edi.