"Tolibon" Afg‘onistonda erkaklarga jinsi shim kiyishni va zamonaviy soch turmagini taqiqladi. Bu haqda The Washington Post yozmoqda.
«Yangi qonunlar erkaklarning soqollarini mushtidan qisqaroq kesishlarini, tashqi ko‘rinishi va xatti-harakatlarida musulmon bo‘lmaganlarga taqlid qilishni taqiqlaydi. Shunday qilib, mamlakat aholisi zamonaviy soch turmagi, soqolini mushtidan qisqartirishi va jinsi shim kiyishi mumkin emas», deyiladi materialda.
Bundan tashqari, nashrning xabar berishicha, endi erkaklarga xotini yoki qarindoshlaridan boshqa ayollarga qarash taqiqlanadi.
Yangi qonunlar axloq polisiyasiga gumonlanuvchilarni uch kungacha hibsga olish huquqini beradi. Aniqlik kiritilishicha, qoidalarni buzgan erkaklar jarima yoki qamoq jazosiga tortilishi mumkin.