Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Tolibon Afg‘onistonni «etarlicha muvaffaqiyatli» boshqarmoqda

Tolibon Afg‘onistonni «etarlicha muvaffaqiyatli» boshqarmoqda

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tolibon harakati boshchiligidagi Afg‘oniston hukumati mamlakat hududini nazorat ostiga olgani va uni «etarlicha muvaffaqiyatli» boshqarayotganini aytdi.

🗣️ Lavrov bu haqda Afg‘oniston bo‘yicha Moskva muloqot formati yig‘ilishi ochilishida ma’lum qildi.

Tolibon 2021 yil avgust oyida, AQSh va uning ittifoqchilari qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqishi jarayonida hokimiyatni egallagan.

🇷🇺 Rossiya Tolibon bilan aloqalarni ular hokimiyatga qaytishidan ancha oldin boshlagan. 2025 yil iyul oyida Moskva Tolibon hukumatini rasman tan olgan va shu orqali bu harakat hukumatini tan olgan birinchi davlat bo‘lgan.

Shundan so‘ng Rossiya Afg‘oniston bilan energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, infratuzilma va xavfsizlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish niyatini bildirgan.

Kiritildi: 20:55 05.10.2026. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!