"Tolibon" Nangarhorda Parviz ismli erkakni otib o‘ldirdi.
Marhumning ukasining Etilaatroz nashriga ma’lum qilishicha, Parvizning nogiron va 5 nafar farzandi bor edi. Kecha u o‘zi yashaydigan Rodat tumani ma’muriyatiga oziq-ovqat olish uchun borgan. Ammo ovqatning o‘rniga unga o‘q uzishgan.
Qotillik holatlari noma’lum, mahalliy hokimiyatdan javob olishning imkoni bo‘lmadi, deb yozadi manba.