Endilikda afg‘onistonlik talaba qizlar universitetlarga yopiq liboslardan borishlari va yigitlardan alohida o‘qishlari talab qilinadi.
Darsxonalarda qizlar va yigitlar o‘rtasida parda tortilgan holda ta’lim olish mumkin.
Talaba qizlar darslarga niqob va abayyada kelishlari shart - shu liboslar ularning yuzi va badanini yopib turadi.
Qizlar bolalar bilan qarshilashmasliklari uchun darslardan besh daqiqa oldin ketishadi.
Universitetlarda erkak va ayollar uchun alohida kirish-chiqish joylarini belgilash rejalashtirilmoqda.
Yangi qoidalarga ko‘ra, qizlar faqat ayol o‘qituvchilar hamda "obro‘si yaxshi" erkak o‘qituvchilardan ta’lim olishlari lozim.