Tokioda hukmron partiya shtab-kvartirasiga “Molotov kokteyli” bilan hujum uyushtirildi.
"49 yoshli erkak Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi shtab-kvartirasiga bir nechta molotov kokteyli uloqtirdi", deb xabar berdi NHK.
Tokio polisiya departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, erkak mikroavtobusda binoga yaqinlashgan va besh-oltita molotov kokteyli otgan. Hech kim jabrlanmagan, shishalardan biri polisiya mashinasiga urilgan.
Shundan so‘ng, erkak mamlakat bosh vaziri qarorgohi panjarasini buzib o‘tmoqchi bo‘lgan va tutunli bombaga o‘xshash buyum uloqtirgan. Polisiya hujumchini qo‘lga oldi va tergov boshladi.
Ushbu hujum 27 oktyabrga belgilangan parlament saylovlariga sakkiz kun qolganida sodir etildi. Saylovlar Liberal-demokratik partiyadagi korrupsiya mojarolari va uning rahbari o‘zgarishi fonida erta o‘tkazilmoqda.