Zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Alise Faxrutdinova professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
Faxrutdinova Tokio-2020 va Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi sharafini himoya qilgan. Zamonaviy beshkurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan ilk o‘zbekistonlik atlet hisoblanadi.