Yaponiyaning Tokio shahridagi Edogava tumanidagi qurilish maydonchasida yuz bergan portlash oqibatida 10 kishi jabrlandi.
Portlash bugun ertalab Tokio metrosining Kasai stansiyasi yaqinidagi turar-joy hududida sodir bo‘lgan.
Yaralanganlar orasida mahalliy aholi va 20 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ishchilar ham bor.
Yong‘inni o‘chirishga 30 dan ortiq o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan. Taxminan 90 daqiqa ichida yong‘in o‘chirildi.
Guvohlar ketma-ket beshta portlash haqida eshitganini aytishgan.